«Sezgir sohalar uchun» — O‘zbekiston JSTdan qanday imtiyozlar so‘ramoqda?

10.03.2026 | 16:151 daqiqa

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zolik muzokaralari doirasida ayrim «sezgir sohalar» uchun maxsus imtiyozlar so‘ramoqda. Bosh muzokarachi Azizbek O‘runovning aytishicha, qishloq xo‘jaligi, elektronika va avtomobilsozlik kabi yo‘nalishlarda o‘tish davri va tarif masalalari muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘lib turibdi.

Prezidentning Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo‘yicha vakili, bosh muzokarachi Azizbek O‘runov Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari bilan JSTga a’zolik mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘runov talabalarga tashkilotning tuzilishi va ishlash mexanizmlari haqida ma’lumot berib, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga oid savollarga javob qaytardi.

Tadbir yakunida bosh muzokarachi jurnalistlar savollariga ham javob berdi. Suhbat davomida O‘zbekistonning JSTga a’zoligi, buning shartlari, xususan, mamlakat turli sohalar uchun tashkilotdan so‘rayotgan imtiyozlar, bojxona tariflari hamda a’zolik jarayoni nega kechikishi mumkinligi haqida so‘z bordi.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 73

Barchasi

Mavzuga oid