add

Shavkat Mirziyoyev BAA energetika va infratuzilmalar vaziri bilan uchrashdi

Bugun 16:251801 daqiqa

Uchrashuvda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev BAA energetika va infratuzilmalar vaziri bilan uchrashdi

5-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda BAAning “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, “Etihad Water & Electricity” kompaniyasi rahbari Yusuf al-Ali va “TAQA Water Solutions” kompaniyasi rahbari Ahmad al-Shamsiy ham ishtirok etdi.

Dastavval, vazir Shavkat Mirziyoyevga BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon hamda Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Xolid Ol Nahayonning salomini yetkazdi.

O‘zbekiston – BAA do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar va aviaqatnovlarning soni barqaror oshib bormoqda. Loyihalar portfeli 20 milliard dollarga yetgan.

Transport-logistika, oziq-ovqat, kon-metallurgiya, energetika hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni tayyorlash va ilgari surish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

BAA kompaniyalari rahbarlari Shavkat Mirziyoyevga shamol elektr stansiyasi va energiya saqlash quvvatlari, gidroelektr stansiyalarini barpo etish rejalari hamda tozalash inshootlari qurilishining borishi to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

Teglar

Mavzuga oid