Shavkat Mirziyoyev ikki kun davomida Samarqandda bo‘ladi

Ikki kunlik safar davomida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev ikki kun davomida Samarqandda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, ikki kun davomida hududdagi yirik loyihalar va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida davlat rahbari amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Prezident so‘nggi marta 2025 yil noyabr oyida Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan edi.

Teglar

Mavzuga oid