add

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi

Bugun 10:352731 daqiqa

Prezident Murojaatnomasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi bugun soat 11:00 dan boshlab respublikadagi qator teleradiokanallar orqali namoyish etiladi.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yillik Murojaatnomani taqdim etadi.

Prezident Murojaatnomasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi soat 11:00 dan boshlab respublikadagi qator teleradiokanallar orqali namoyish etiladi. Jumladan, «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» telekanali surdotarjima bilan, shuningdek «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «O‘zbekiston tarixi», «Mening yurtim», «Sevimli», «Milliy», «Zo‘r TV» va «Renessans TV» orqali tomosha qilish mumkin.

Shu bilan birga, «Toshkent» hamda «Dunyo bo‘ylab» telekanallari orqali Murojaatnomaning rus tilidagi tarjimasi efirga uzatiladi. «Yoshlar» hamda «Uzreport TV» telekanallarida ingliz tilidagi tarjima bilan namoyish etish rejalashtirilgan.

Murojaatnomani onlayn formatda ham kuzatish imkoniyati yaratilgan. Davlat rahbarining chiqishi Prezident matbuot xizmatining Telegram va Facebook sahifalarida, shuningdek YouTube platformasidagi rasmiy kanalda jonli efirda uzatiladi.

An’anaga ko‘ra, Prezident Murojaatnomasida o‘tgan yilda amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinib, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va hududiy rivojlanish bo‘yicha kelgusi yil uchun aniq vazifalar belgilanishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid