add

Siddiqov o‘rniga Sanginov: «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi o‘zgardi

Kecha 17:482572 daqiqa

«O‘zbekneftgaz» AJni ikki yildan ortiq vaqt mobaynida boshqarib kelayotgan Bahodirjon Siddiqov o‘rniga Abdug‘ani Sanginov tayinlangani aytilmoqda.

Siddiqov o‘rniga Sanginov: «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi o‘zgardi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va hozircha rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Bahodirjon Siddiqov lavozimidan ozod etildi. U 2023 yil 12-martdan buyon kompaniya rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

B.Siddiqov o‘rniga «O‘zbekgidroenergo» kompaniyasini boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Abdug‘ani Sanginov tayinlangani aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Bahodirjon Siddiqov faoliyati davomida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2009–2010 yillarda «Neftegazinvest» sho‘’ba korxonasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan. 2010–2016 yillarda u «Uzbekistan GTL» qo‘shma korxonasida direktor o‘rinbosari, direktor va moliyaviy direktor vazifalarini bajargan. 2016–2017 yillarda esa «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasida prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i hamda «Neftgazinvest» MCHJ direktori sifatida ishlagan.

Shuningdek, 2017–2019 yillarda «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Bahodirjon Siddiqov 2019–2020 yillarda jamiyat boshqaruvi raisi lavozimini ham egallagan. Keyinchalik u Energetika vazirligi huzuridagi neft-gaz tarmog‘ini isloh qilish loyiha ofisida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2021–2023 yillarda esa «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda «Yoshlik I» konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi ofisi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Bahodirjon Siddiqovning «O‘zbekneftgaz»dagi keyingi faoliyati va uning o‘rniga kim tayinlanishi hozircha rasman ma’lum qilinmagan.

Teglar

Mavzuga oid