
Singapur dollari nega Shveytsariya frankidek kuchli bo‘lib bormoqda?
BofA tahliliga ko‘ra, Singapur dollari global xavfdan chekinish sharoitida Shveytsariya franki kabi barqaror va himoyalangan valutalar qatoriga kira boshladi.

BofA Securities ma’lumotlariga ko‘ra, Singapur dollari so‘nggi yillarda shveytsar frankiga o‘xshab, xavfdan qochish davrlarida barqarorlik ko‘rsatmoqda. Bu holat «Singapur dollarining shveytsariyalashuvi» deb atalmoqda. Investorlar bu valutani tobora ko‘proq himoyaviy aktiv sifatida qabul qilmoqda, deb yozmoqda investing.com.
BofA tomonidan ta’kidlanishicha, Shveysariya va Singapur iqtisodiyotlari va moliyaviy siyosatda o‘xshash jihatlarga ega. Ikki davlat ham AAA reytingga, tashqi aktivlarning yuqori ulushiga va global moliyaviy markaz maqomiga ega.
So‘nggi 25 yilda USD/SGD va USD/CHF o‘rtasidagi korrelyatsiya tobora o‘sdi. Hatto CHF fucherslari bo‘yicha spekulyativ pozitsiyalar ham SGD harakatlariga mos tusha boshlagan. Bu tendensiyada hej-fondlar va treyding joriy operatsiyalar roli ham katta bo‘lgan.
Quyi o‘zgaruvchanlik va MAS valutalar siyosati tufayli SGD’ning riskka nisbatan tuzatilgan daromadlari CHF’ga yaqin bo‘lib qolmoqda. Masalan, 2020-yildan beri SGD’ning Sharp koeffitsiyenti 24 bazis punktni tashkil qilgan, CHF’niki esa — 9 punkt.
So‘nggi moliyaviy stress davrlarida, jumladan 2008-yilgi inqiroz va COVID-19 avj pallaga kirganida, SGD avvalga qaraganda kamroq qadrsizlandi yoki hatto mustahkamlandi. Bugun USD/SGD uchun risk-reversallar USD/CHF bilan o‘xshash darajada shakllanmoqda.
Biroq farqlar ham mavjud. Masalan, Singapur dollari hali ham zaxira valyutasi bo‘lishga intilmaydi. Uning aksiya bozori Shveytsariyanikidan uch barobar kichik, davlat obligatsiyalari esa ikki barobar. Bundan tashqari, mahalliy pensiya maqsadida chiqarilgan qog‘ozlar bozorda erkin muomalada emas.
Shu bilan birga, Singapur moliyaviy markaz sifatida ulkan rol o‘ynamoqda. 2024 yil oxirida boshqaruvdagi aktivlar 6 trln SGD’ga yetdi, shundan 77 foizi xorijdan kelib tushgan, 88 foizi esa xorijga investitsiya qilingan.
SGD’ning real samarali kursining so‘nggi 26 yilda 33 foizga o‘sishi va uning tashqi pozitsiyasi, xususan, NIIP’ning YAIMga nisbatan 100 foizdan yuqori bo‘lishi, ushbu valyutani yanada barqaror va himoyaviy qilmoqda.
Qayd etib o‘tish kerak, Singapur dollari Bruney dollari bilan 1:1 nisbatga ega. Ayni paytda 1 singapur dollarining qiymati 9270 so‘mga teng.





