«Siti» muxlislarining yoqimtoyi»: Husanov «Manchester Siti»da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Kecha 22:131 daqiqa

O‘zbekistonlik himoyachi ovoz berish jarayonida Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirib, «shaharliklar» safidagi uchinchi shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi.

«Siti» muxlislarining yoqimtoyi»: Husanov «Manchester Siti»da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov mart oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

«O‘zbekistonlik himoyachimiz jamoadoshlari Rodri va Jeremi Doku bilan bo‘lgan raqobatda ustun kelib, ommaviy ovoz berish jarayonida mutlaq g‘alaba qozondi. Husanov mart oyi davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va o‘zining fidokorona, faol himoya uslubi bilan “Siti” muxlislarining haqiqiy yoqimtoyiga aylandi. Bu uning 2024 yil hisobidan yanvar oyidagi muvaffaqiyatidan keyingi shunday ikkinchi sovrinidir. «Manchester Siti»ning barcha xodimlari nomidan Qodirni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz», - deyiladi klub e’lon qilgan bayonotda.

Abduqodir Husanov mart oyi davomida «shaharliklar» safida uchta musobaqa doirasida jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Oyning eng muhim voqeasi 22-mart kuni «Uembli» stadionida yuz berdi: Angliya Liga kubogi finalida «Manchester Siti» «Arsenal»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba Husanov uchun Manchester klubidagi ilk sovrin bo‘ldi.

Bu o‘zbekistonlik himoyachi uchun «Manchester Siti»dagi faoliyati davomida uchinchi bor «Oyning eng yaxshi futbolchisi» deb topilishidir. U bundan avval 2025-yil yanvar va 2026-yil fevral oylarida ham g‘olib deb topilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid