add

Tarixiy qarz: Afrika va Karib davlatlari Britaniyadan qullik uchun tovon puli talab qilmoqda

Bugun 23:262341

CARICOM hamda Afrika Ittifoqiga a’zo davlatlar Britaniyadan asrlar davomida amalga oshirilgan qul savdosi uchun rasman kechirim so‘rash va tovon pullari to‘lashni talab qilmoqda.

Tarixiy qarz: Afrika va Karib davlatlari Britaniyadan qullik uchun tovon puli talab qilmoqda

Karib mintaqasiga kiruvchi 15 ta davlat Britaniyaga qarshi reparatsiyalar rejasini ishlab chiqmoqda. Unda to‘liq va rasmiy kechirim so‘rash, ta’lim dasturlari, tashqi qarzlarni kechish va pul kompensatsiyalari kabi punktlar bor.

Xuddi shunday talablar Afrika Ittifoqiga a’zo mamlakatlar tomonidan ham tayyorlanmoqda. Ular XV–XIX asrlarda Yevropaning quldorlik savdosi siyosatidan jabr ko‘rgan millionlab insonlar uchun adolat tiklanishini istamoqda. Reuters agentligining yozishicha, bu davr mobaynida 12,5 milliondan ziyod odam qul sifatida olib ketilgan.

Shu bilan birga, ayrim Yevropa yetakchilari bu kabi talablarga keskin qarshi chiqmoqda. Ular tarixiy xatolar uchun hozirgi davlatlar javobgar bo‘lmasligi kerak, degan fikrda.

Masalan, o‘tgan yili Samoadagi Sammit arafasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kiyr Starmer shunday bayonot bergan:

«Men kelajakka qarashni afzal bilaman, reparatsiyalar haqida oxiri ko‘rinmas munozaralarda ishtirok etishni emas», — degan u.

Aytish joiz, AQSHning Kaliforniya shtati gubernatori Gevin Nyusom joriy yil oktabrida Amerikadagi qora tanli qullar avlodlari uchun reparatsiyalar bo‘yicha maxsus byuro tashkil etish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekkan.

Teglar

Mavzuga oid

Tarixiy qarz: Afrika va Karib davlatlari Britaniyadan qullik uchun tovon puli talab qilmoqda | Vaqt.uz