«Texpasport»ning amal qilish muddati 2026-yil 1-apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi

Kecha 21:042 daqiqa

Bu transport vositasining kuzov, dvigatel singari asosiy agregatlarining mavjudligini inventarizatsiyadan o‘tkazish maqsadi bilan izohlangan.

Avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati 2026-yil 1-apreldan keyin olingan guvohnomalar («texpasport»)ga taalluqli bo‘ladi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Hukumatning 30-mart kuni qabul qilingan qarori bilan Transport vositalarini boshqarish huquqini olgan shaxslarga yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik o‘tkazilgani haqida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish tartibi belgilangandi.

Qarorga muvofiq, endi «texpasport» 5 yil muddatga beriladi. Bungacha uning amal qilish muddati yo‘q edi.

YHXX buni «transport vositasining kuzov, dvigatel singari asosiy agregatlarining mavjudligini inventarizatsiyadan o‘tkazish maqsadi» bilan izohlagan.

Oldindan xabardor qilish zarur

Yangi qoidaga ko‘ra, transport egasi boshqa shaxsga vaqtinchalik boshqarish huquqini bergan bo‘lsa, qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda jarima aynan ushbu shaxs nomiga rasmiylashtirilishi mumkin. Buning uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarini oldindan xabardor qilish talab etiladi.

Nizomga muvofiq:

• Xabardor qilish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

• Foydalanuvchi shaxsiy kabinet ochib, maxsus so‘rovnomani to‘ldiradi va boshqarish huquqi berilgan muddatni ko‘rsatadi;

• Boshqarish huquqini olgan shaxs esa mazkur so‘rovnomani tasdiqlashi lozim. U elektron raqamli imzo, «Mobile-ID» yoki «Face-ID» orqali roziligini bildirib, kelgusida jarimalar unga nisbatan rasmiylashtirilishiga rozi bo‘ladi.

Pulli xizmat

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi (41,2 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Ushbu mexanizm orqali transport egalari jarima balllaridan asossiz ravishda zarar ko‘rishining oldi olinishi kutilmoqda.

Shuningdek, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma 5 yil muddatga rasmiylashtirilishi belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid