add

Toliblar Bagram aerodromiga soxta samolyotlar tasvirini chizib qo‘ydi

Kecha 21:385721 daqiqa

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari AQSH prezidenti qaytarib olishni xohlagan Afg‘onistondagi Bagram aviabazisidan «Tolibon» hukumati qanday foydalanayotganini ko‘rsatdi.

Toliblar Bagram aerodromiga soxta samolyotlar tasvirini chizib qo‘ydi

Afg‘oniston hukumati tepasida turgan «Tolibon» guruhi AQSHning sobiq Bagram aviabazasidan deyarli foydalanmayapti. Bu haqda The Washington Post 2021 yildan buyon olingan sun’iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qilib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, aerodromning uchish yo‘lagida haqiqiy samolyotlar o‘rniga ularning tasvirlari chizib qo‘yilgan va atrofda harbiylar faoliyati juda kam.

Ta’kidlanishicha, Bagram AQSHning Afg‘onistondagi eng yirik sobiq harbiy bazasi hisoblanadi va Amerika qo‘shinlari mamlakatdan chiqib ketgach deyarli bo‘sh qolgan. WP ma’lumotlariga ko‘ra, bazada qolgan texnikalarning aksariyati yaroqsiz.

Mutaxassislarning fikricha, «Tolibon»ning bunday harakati o‘z kuch-qudratini namoyish etish strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Afg‘oniston hukumati hozircha bu xabar yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi Bagram aviabazasini qaytarib olish rejalarini e’lon qilgan edi. Uning aytishicha, bu obyekt Xitoy yadro qurolini ishlab chiqaradigan hududlarga yaqinligi tufayli strategik ahamiyatga ega.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bu fikrga keskin qarshi chiqdi. Mamlakat AQSH bilan munosabatlarni rivojlantirishga tayyor, ammo hech qanday harbiy aralashuvsiz.

Teglar

Mavzuga oid