add

Toshkent metrosida yo‘lovchi vagon eshigi buzilishiga sabab bo‘ldi

Kecha 09:557372 daqiqa

Yo‘lovchining ehtiyotsiz harakati metro harakat xavfsizligiga ta’sir qilib, vagon eshigining buzilishiga olib keldi.

Toshkent metrosida yo‘lovchi vagon eshigi buzilishiga sabab bo‘ldi

16-dekabr kuni Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar xavfsizligi bilan bog‘liq holat qayd etildi. «Mustakillik maydoni» bekatidan «Paxtakor» tomon harakatlanishi kerak bo‘lgan 16-sonli harakat tarkibi texnik nosozlik sabab yo‘nalishni davom ettira olmadi. Hodisa soat 16:23 atrofida, poyezd yo‘lovchilarni qabul qilib, eshiklar yopilayotgan vaqtda yuz bergan.

Metropoliten matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yo‘lovchilardan biri poyezd harakatini kechiktirmaslik maqsadida vagon eshigini kuch bilan ochishga uringan. Natijada eshikni himoya qiluvchi maxsus mexanizm ishdan chiqqan. Mashinist muammoni joyida bartaraf etgan bo‘lsa-da, poyezd keyingi bekatga yetmasdan oldin ushbu nosozlik yana takrorlangan.

Vaziyatni inobatga olgan holda, mashinist amaldagi yo‘riqnomaga muvofiq harakat qilib, poyezdni to‘xtatgan va vagondagi barcha yo‘lovchilarni xavfsiz tarzda bekatga tushirgan. Shundan so‘ng harakat tarkibi texnik ko‘rik va ta’mirlash uchun elektrodepoga olib ketilgan.

«Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi mazkur holat barcha yo‘lovchilar uchun saboq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Korxona vakillariga ko‘ra, metro infratuzilmasiga yetkazilgan har qanday shikast nafaqat harakat jadvaliga, balki odamlar hayotiga ham xavf solishi mumkin.

Shu munosabat bilan metropoliten rahbariyati metro qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi. Xususan:

  • Bekatga yaqinlashganda vagondan tushish uchun eshiklarga oldindan yaqinlashing;

  • Vagonlardan chiqayotgan yo‘lovchilarga avval yo‘l bering;

  • Yo‘lovchilar to‘liq tushib bo‘lgach, vagonga chiqing;

  • Vagonga kirgach, eshik oldida turib olmang, vagon o‘rtasiga harakatlaning;

  • Metro vagonlari eshiklariga suyanmang;

Bekat va yo‘laklarda harakatlanishda o‘ng qo‘l qoidasiga amal qiling. Yuqoridagi qoidalarga rioya etish barchaning xavfsizligi va qulayligini ta’minlashi bildirildi.

Teglar

Mavzuga oid