Toshkentda avtobus yo‘laklari deliniatorlar bilan ajratiladi

Bugun 17:171 daqiqa

Jamoat transporti harakatini tezlashtirish maqsadida poytaxtda avtobuslar uchun ajratilgan «A» yo‘laklari maxsus to‘siqlar bilan ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentda avtobus yo‘laklari deliniatorlar bilan ajratiladi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini samarali tashkil etish maqsadida avtobuslar uchun ajratilgan «A» yo‘laklari deliniatorlar bilan himoyalanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus avtobuslar uchun belgilangan maxsus yo‘laklarni aniq ajratib ko‘rsatishga qaratilgan. Deliniatorlar yo‘ldagi maxsus chiziqlarni jismoniy to‘siq bilan mustahkamlab, boshqa transport vositalarining ushbu yo‘laklarga kirib ketishini cheklaydi.

Mutaxassislar fikricha, bu amaliyot jamoat transporti harakatini ancha tezlashtirishi mumkin. Chunki ko‘p hollarda yengil avtomobillar avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga kirib ketishi tufayli transport oqimi sekinlashib qoladi.

Hozircha mazkur deliniatorlar qaysi ko‘chalarda o‘rnatilishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bu haqdagi batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinishi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning transport bosh rejasi ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda avtobus yo‘laklari deliniatorlar bilan ajratiladi | Vaqt.uz