add

Toshkentda ishlab chiqarilgan samolyot quladi: 7 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Bugun 17:384052 daqiqa

Rossiyaning Ivanovo oblastida RF Mudofaa vazirligiga tegishli An-22 samolyoti ta’mirdan keyingi sinov parvozi chog‘ida quladi. Uning sahnidagi yetti nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda ishlab chiqarilgan samolyot quladi: 7 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi 9-dekabr seshanba kuni dunyodagi eng yirik turboparrakli An-22 «Antey» harbiy-transport samolyotining Ivanovo oblastida halokatga uchraganini tasdiqladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, falokat Furmanov rayonida aholi yashamaydigan hududda sodir bo‘lgan. Samolyot ta’mirdan keyin amalga oshiriladigan majburiy sinov parvozi vaqtida qulagan.

Vazirlik hodisadan keyin qutqaruv guruhlari joyga yetib borganini, samolyotda bo‘lgan yetti nafar ekipaj a’zosi taqdiri bo‘yicha tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

An-22 «Antey» — 1960-yillarda Toshkentdagi Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqilgan va dunyodagi eng yirik турбопарракли harbiy transport samolyotlaridan biri hisoblanadi. Wikipedia ma’lumotlarisha ko‘ra, Toshkentda bunday samolyotlardan 67 tasi ishlab chiqarilgan va 1965–2024 yillar oralig‘ida ekspualatsiya qilingan.

U maksimum 60 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lib, Rossiya Qurolli kuchlaridagi eng qadimiy texnika namunasi sifatida hamon ekspluatatsiya qilinadi.

Samolyot asosan og‘ir harbiy texnika, zirhli mashinalar va maxsus yuklarni uzoq masofalarga yetkazish uchun qo‘llaniladi. Shu bois, flotda qolgan kam sonli An-22larni saqlash va ta’mirlash Rossiya harbiy logistikasi uchun strategik ahamiyatga ega.

Halokat Rossiya harbiy aviatsiyasida so‘nggi yillarda kuzatilayotgan texnik nosozliklar, eski samolyotlar parki va ta’mirlash sifatining pasayishi bilan bog‘liq jiddiy savollarni qayta kun tartibiga chiqardi.

Rossiya VKS komissiyasi falokatning aniq sabablarini o‘rganishni boshlagan. Tergov doirasida texnik xizmat ko‘rsatish sifati, ta’mir ishlari hajmi, parvoz uchun ruxsat berish tartibi va ekipaj tayyorgarligi kabi barcha omillar tekshiriladi

Avvalroq Ukrainaning «Antonov Airlines»  aviakompaniyasiga tegishli dunyodagi eng yirik yuk samolyoti — An-124 «Ruslan» Toshkent aeroportiga qo‘ngani haqida xabar qilgan edik.

Teglar

Mavzuga oid