add

Tramp AQSH Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Kecha 09:571 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronda davom etayotgan noroziliklar fonida Vashington erkinlik uchun kurashayotgan eronliklarga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Tramp AQSH Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Erondagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida Vashington eronliklarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. U bu haqda o‘zining «Truth Social» ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bildirgan.

Trampning ta’kidlashicha, Eron xalqi hozirgi paytda tarixdagi eng yuqori darajada erkinlikka intilayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH bunday sharoitda befarq qolmaydi va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Amerika ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati ichida Eron bo‘yicha turli ssenariylar muhokama qilingan. Ayrim manbalar harbiy variantlar, jumladan, Eronning harbiy ob’ektlariga havodan zarbalari berish imkoniyati ham ko‘rib chiqilganini qayd etmoqda.

Shu bilan birga, ma’muriyat ichida yagona qaror mavjud emasligi ta’kidlanmoqda. Hozircha harbiy texnika ko‘chirilishi, qo‘shinlar joylashtirilishi yoki boshqa amaliy tayyorgarlik ishlari kuzatilmagan.

Eronda noroziliklar iqtisodiy muammolar, inflatsiya va milliy valuta qadrsizlanishi ortidan boshlangan. Namoyishlar bir qator yirik shaharlarni qamrab olgan bo‘lib, hukumatning keskin choralari xalqaro maydonda tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq Tramp Eron rahbariyatini xalqqa nisbatan kuch ishlatmaslikka chaqirib, aks holda AQSH javobi juda keskin bo‘lishini yana bir bor eslatgan edi.

Teglar

Mavzuga oid