add

Tramp O‘zbekiston va Qozog‘istonni G20 sammitiga taklif qildi

Bugun 08:384202 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yil Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarini maxsus mehmon sifatida taklif qildi.

Tramp O‘zbekiston va Qozog‘istonni G20 sammitiga taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan «Katta yigirmatalik» sammitiga O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarini taklif qilishini ma’lum qildi. Sammit 14–15-dekabr kunlari Mayami shahrida o‘tkaziladi.

Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib, qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan o‘tkazilgan telefon muloqotlaridan so‘ng qabul qilinganini bildirdi.

Truth Social 1

AQSH rahbarining ta’kidlashicha, suhbat davomida hozirgi mojarolarda tinchlikka erishish masalalari, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida savdo va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘llari muhokama qilingan. U O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan munosabatlarni «juda a’lo» deb baholagan.

«Kelgusi yil AQSH G20 sammitiga mezbonlik qiladi va biz ikki davlat rahbarini ham ushbu uchrashuvga taklif qilamiz», — deb yozdi Donald Tramp.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio dekabr oyi boshida AQSH G20 sammitini 2009-yildan keyin ilk bor qabul qilishini ma’lum qilgan edi. Sammit AQSH davlatchiligiga 250 yil to‘lishi munosabati bilan alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

Sammitning asosiy mavzulari sifatida tartibga solishni qisqartirish, energiya manbalariga kengroq kirish imkoniyatini yaratish hamda yangi texnologiyalarni rivojlantirish belgilangan. Shuningdek, tadbirda G20 a’zolari bilan bir qatorda tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid