add

Turizm sohasidagi tadbirkorlar import qiladigan avtobuslardan 2027 yilgacha boj olinmaydi

20.11.2025 | 17:242331 Daqiqa

Turizm sohasi sub’ektlari import qiladigan transportlarning sonidan qat’iy nazar, ularga 1 ta sertifikat beriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda film oladigan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytariladi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar import qiladigan avtobuslardan 2027 yilgacha boj olinmaydi

Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra, 2027 yil 1-yanvarga qadar turizm sohasi sub’ektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

Shuningdek, turizm sohasi sub’ektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarning sonidan qat’iy nazar, ularga bitta sertifikat berishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismini qaytarishni (Rebate) muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.

2026 yil 1-martdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan birga olingan filmlardagi O‘zbekistonning turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik uchun haq to‘lash tartibi joriy etiladi.

Ma’lumot uchun, avvalroq prezident farmoni bilan 2025 yil 1-avgustgacha turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etilgandi.

Teglar

Mavzuga oid