add

Turkiyada ko‘p oltin topildi

Bugun 20:355211

Sivasdagi konning potensial oltin zaxiralari 424 ming unsiya deb baholandi.

Turkiyada ko‘p oltin topildi

Turkiyaning Sivas viloyati Qangal tumanida joylashgan Alajaxon qishlog‘i yaqinida yirik oltin koni topildi. Erdemir metallurgiya gigantining sho‘ba korxonasi bo‘lgan Ermaden kompaniyasi o‘tkazgan geologik qidiruvlar natijasida 14,9 million tonna rudada 424 ming unsiya oltin mavjudligi aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rudadagi oltinning o‘rtacha konsentratsiyasi har bir tonnaga 0,89 grammni tashkil etadi. Loyiha 5804 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, bugungacha 45 gektar yerda 96 ming metr chuqurlikda 360 ta quduq qazilgan. Anqaradagi Bureau Veritas xalqaro laboratoriyasida 96 mingdan ortiq namuna tahlil qilingan.

Ermaden kompaniyasi hozirda o‘rganilgan hududda qo‘shimcha burg‘ulash ishlarini davom ettirmoqda va yangi qidiruv bosqichini rejalashtirmoqda. Tadqiqotlar yakunlanganidan so‘ng, kompaniya zaxiralarni aniqlash va texnik-iqtisodiy asoslashni amalga oshirishni rejalashtirgan.

OYAK bosh direktori va Erdemir direktorlar kengashi raisi Murat Yalchintashning ta’kidlashicha, bu kashfiyot Turkiyaning yer osti resurslarini iqtisodiy foyda keltiradigan aktivlarga aylantirish strategiyasining muhim bosqichidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya barqaror yondashuv orqali tabiiy boyliklarni samarali ishga solishni maqsad qilgan.

Ayni paytda jahon bozorlarida oltin narxi yillik hisobda 40 foizga oshgan. Uchinchi chorakda bir troya unsiyasi uchun o‘rtacha narx 3456 dollarni tashkil etdi. Bu o‘sishga dollarning mustahkamlanishi va AQSH Federal zaxira tizimi foiz stavkalari bo‘yicha noaniqliklar ta’sir ko‘rsatgan.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiyada ko‘p oltin topildi | Vaqt.uz