Turkiyadagi chet ellik kelinlar reytingida o‘zbek qizlari 2-o‘rinda: 1-o‘rinda kim?

26.02.2026 | 14:551 daqiqa

2025 yil yakuniga ko‘ra, Turkiyada turmush qurgan xorijlik kelinlar orasida o‘zbekistonlik ayollar soni yuqori ko‘rsatkich qayd etib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Turkiyadagi chet ellik kelinlar reytingida o‘zbek qizlari 2-o‘rinda: 1-o‘rinda kim?

Turkiya Statistika instituti e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida mamlakatda 28 646 nafar xorijlik kelin va 5 347 nafar xorijlik kuyov nikohdan o‘tgan. Bu raqamlar umumiy nikohlar tarkibida ayollar ulushi 5,2 foizni, erkaklar ulushi esa 1 foizni tashkil etganini ko‘rsatadi.

загруженное

Xorijlik kelinlar orasida suriyaliklar 13,8 foiz bilan yetakchilik qilgan. O‘zbekistonlik ayollar esa 13,7 foiz ko‘rsatkich bilan juda kichik farq bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. 2025 yilda qariyb 3 924 nafar o‘zbekistonlik ayol Turkiya fuqarolari bilan rasmiy oila qurgan.

Xorijlik kuyovlar orasida esa suriyaliklar 20,9 foiz bilan birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi pog‘onalarda Germaniya fuqarolari 18,8 foiz, Afg‘oniston fuqarolari 5 foiz ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.

2024 yilda 3 509 nafar o‘zbekistonlik ayol Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan va o‘shanda ham ular xorijlik kelinlar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Teglar

Mavzuga oid