add

Ucell — Ookla’ning «Eng yaxshi mobil tarmoq» va «Eng tez mobil internet» toifalari bo‘yicha mukofotlari sohibi

Kecha 19:003 daqiqa

Toshkent, 2026 yil. Ookla® kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ucell 2025 yilning III–IV choraklari yakuniga ko‘ra mamlakatimizdagi eng tez mobil internet va eng yaxshi mobil tarmoq egasi deb e’tirof etildi.

Ucell — Ookla’ning «Eng yaxshi mobil tarmoq» va «Eng tez mobil internet» toifalari bo‘yicha mukofotlari sohibi

Kompaniya ikki muhim xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi:
Fastest Mobile Network — O‘zbekistondagi eng tez mobil internet;
Best Mobile Network — O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:
«2025 yilning ikkinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, Ucell ikki yo‘nalishda Ookla® tomonidan yetakchi deb tan olinishi tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarimizning natijasidir. Bozorda eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 59,73 ball tezlik va 72,04 ball tarmoq sifati millionlab abonentlarimiz har kuni his qiladigan aloqa sifatini aks ettiradi. Biz uchun xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini saqlab qolish va uni mustaqil xalqaro o‘lchovlar bilan tasdiqlash muhim ahamiyatga ega».

G‘oliblarni aniqlash uchun Ookla® mobil va veb-platformalarda o‘tkazilgan millionlab Speedtest® foydalanuvchi sinovlaridan olingan Speedtest Intelligence® ma’lumotlariga asoslangan qat’iy uslubni qo‘llaydi. O‘zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlari bu ma’lumotlarda butun mamlakat bo‘ylab sezilarli hajmdagi sinovlar bilan taqdim etilgan.

2025 yilning ikkinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha:
• Ucell’ning Speed Score ko‘rsatkichi 59,73 ni tashkil etib, mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni ta’minladi;
Speedtest Connectivity Score 72,04 ballga yetdi — bu bozordagi eng yuqori natija va «Best Mobile Network» mukofotiga asos bo‘ldi.

Stiven Bay, «Ziff Davis» kompaniyasining Ookla bo‘linmasi prezidenti va bosh direktori:
«Biz Ucell’ga ketma-ket to‘rtinchi marta eng tez mobil internet uchun «Speedtest Award» mukofotini, shuningdek, O‘zbekistonda 2025 yilning III–IV choraklari yakuni bo‘yicha «Best Mobile Network» mukofotini topshirishdan mamnunmiz. Bu e’tirof Ucell’ning faol raqamli transformatsiya yo‘lidan borayotgan mamlakatda yuqori sifatli aloqani ta’minlashga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi. Kompaniyaning yetakchi ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda mobil aloqa tarmog‘ining yangi standartini shakllantirayotganini tasdiqlaydi».

Georgiy Churavsov, Ucell tijorat direktori:
«2025 yilning III–IV choraklari yakuniga ko‘ra, Ucell ikkita xalqaro Ookla® mukofotini qo‘lga kiritdi. Xizmatlaridan 10,5 milliondan ortiq abonent foydalanadigan kompaniya uchun bu, ayniqsa, O‘zbekiston telekom-bozoridagi faoliyatining 30 yilligi bilan ahamiyatlidir. Xalqaro e’tirof tarmoqning barqaror ko‘rsatkichlari va mijozlar ishonchining yuqori darajasini tasdiqlaydi».

30 yillik rivojlanish, innovatsiyalar va oldinga intilish

2026 yil kompaniya uchun o‘ziga xos yil: Ucell O‘zbekiston telekom-bozorida 30 yillik faoliyatini nishonlamoqda. Ucell o‘ttiz yil ichida birinchi mobil operatorlardan biri bo‘lganidan tortib, mobil internet va tarmoq infratuzilmasi sifati standartlarini belgilaydigan kompaniyagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Ookla® tomonidan tan olinish uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining davomi bo‘lib, tarmoqni doimiy ravishda takomillashtirish va mijozlar ehtiyojlariga e’tibor qaratishni aks ettiradi. Ucell butun mamlakat bo‘ylab abonentlar xalqaro darajadagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etmoqda va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirmoqda.

* Ookla® kompaniyasining Speedtest Intelligence® ma’lumotlariga ko‘ra — Ookla® mobil va keng polosali tarmoqlarni tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi hisoblanadi. Speedtest Awards mukofotlari 2025 yilning III va IV choraklari yakunlari asosida topshirilgan.

Teglar

Mavzuga oid