add

Ukrainaning Kupyanskdagi operatsiyasi Rossiya rejalarini chippakka chiqardi

Bugun 09:2011852 daqiqa

Kupyanskda Ukraina Qurolli kuchlarining muvaffaqiyatli operatsiyasi Rossiya harbiy rejalarini izdan chiqarib, Vladimir Putin bayonotlarini ham shubha ostiga qo‘ydi.

Ukrainaning Kupyanskdagi operatsiyasi Rossiya rejalarini chippakka chiqardi

Kupyansk shahrida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiya Rossiya armiyasining rejalarini barbod qildi. Ukraina xavfsizlik va hamkorlik markazi rahbari Sergey Kuzanning ta’kidlashicha, Kupyanskni ozod etish — bu puxta rejalashtirilgan va kompleks harbiy operatsiya namunasi hisoblanadi.

Shahar Oskil daryosining so‘l sohilida joylashgan bo‘lib, uni qamaldan qutqarish uchun Rossiya qo‘shinlarining ta’minot yo‘llarini o‘ng sohildagi bir qator qishloqlar orqali uzish talab etilgan.

Kuzanning aytishicha, Ukraina kuchlari soni jihatdan kam bo‘lishiga qaramay, muvofiqlashtirilgan harakatlar tufayli operatsiya qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatli yakunlangan. Bu Rossiya qo‘mondonligi kutmagan ssenariy bo‘lgan.

Natijada, Rossiya qo‘shinlarining taxminan 200 nafarga yaqin qismi Kupyanskning shimoliy chekka hududlarida qurshovda qolgan. Ular orqa ta’minotdan uzilgan holda qolib, dronlar orqali o‘q-dori, oziq-ovqat va dori-darmon olishga majbur bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, mazkur operatsiya Rossiyaning Donetsk oblastining shimoli tomon ilgarilash rejalarini ham yo‘qqa chiqargan. Rejaga ko‘ra, Kupyansk va Liman–Seversk yo‘nalishlari birlashib, Slovyansk, Kramatorsk va Svyatogorsk aglomeratsiyasiga bosim o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi.

Sergey Kuzanning ta’kidlashicha, ushbu operatsiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kupyansk Rossiya nazoratida ekani haqidagi bayonotlarini ham inkor etdi. Unga ko‘ra, voqealar rivoji Putinning ma’lumotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaganini ko‘rsatdi.

Kupyanskdagi muvaffaqiyat AQSHda ham muhokama markaziga aylandi. Kuzanning aytishicha, mazkur operatsiya Vashingtonda Ukrainaga bosim o‘tkazish tarafdorlari pozitsiyalarini zaiflashtirgan.

Teglar

Mavzuga oid

Ukrainaning Kupyanskdagi operatsiyasi Rossiya rejalarini chippakka chiqardi | Vaqt.uz