add

Uy-joy va avtomobil oldi-sotdisida naqd pulda to‘lov qilish taqiqlanmoqda

Kecha 16:303311 daqiqa

Prezident farmoni bilan bir qator tovarlar, xizmatlar va ko‘chmas mulk va transport vositalari uchun to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov orqali qabul qilinadi.

Uy-joy va avtomobil oldi-sotdisida naqd pulda to‘lov qilish taqiqlanmoqda

Prezidentning «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–246-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2030 yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini keskin kamaytirish maqsad qilib qo‘yildi. Jumladan, kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,3 baravarga qisqartirilishi, aholi tomonidan savdo va xizmatlarda naqdsiz to‘lovlar ulushi 75 foizga yetkazilishi belgilandi.

2026 yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ular qatoriga davlat organlari xizmatlari, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olish, AYQSHlarda yonilg‘i xaridi va elektromobillarni zaryadlash xizmatlari kiradi.

Shuningdek, qiymati 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun ham naqd pulda hisob-kitoblar taqiqlanadi. Eng muhim o‘zgarishlardan biri — ko‘chmas mulk ob’ektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan «M», «N», «O» va «G» toifadagi transport vositalari hamda maxsus avtotransportlarni sotish va sotib olishda ham to‘lovlar faqat naqd bo‘lmagan ko‘rinishda amalga oshirilishi shart etib belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid