Logo

Vaqt.uz jamoasiga qo‘shiling

Bugun 18:282 daqiqa

Siz yangiliklar markazida ishlashni, voqealar rivojini birinchilardan bo‘lib kuzatishni va minglab o‘quvchilarga tezkor hamda ishonchli axborot yetkazishni istaysizmi?

Vaqt.uz jamoasiga qo‘shiling

Vaqt.uz sizga shunday imkoniyat taqdim etadi. Biz quyidagi yo‘nalishda xodimlar qidirmoqdamiz:

Xabar tayyorlovchi jurnalist

Agar siz tezkor axborot bilan ishlashni bilsangiz, yangiliklarni tahlil qilib, qisqa va tushunarli xabar tayyorlay olsangiz, ushbu vakansiya siz uchun.

Sizning vazifangiz:
• O‘zbekiston va dunyodagi muhim voqealar haqida tezkor xabarlar (asosan iqtisodiy) tayyorlash;
• Yangiliklarni o‘zbek tilida operativ ravishda saytga uzatish;
• Mahalliy va xorijiy manbalar bilan ishlash;
• Axborotlarni tekshirish va qayta ishlash.

Biz sizdan kutamiz:
• O‘zbek tilida ravon va savodli yozish;
• Ingliz va rus tillarini bilish;
• Kamida 2 yillik ish tajribasi;
• Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom;
• Yangiliklarga qiziqish, tezkorlik va mas’uliyat.

Muharrir

Tahririy tajribaga ega, matn sifati va faktlar aniqligiga mas’uliyat bilan yondashadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Sizning vazifangiz:
• Materiallarni tahrirlash va sifat nazoratini ta’minlash;
• Faktlarni tekshirish va manbalar ishonchliligini baholash;
• Jurnalistlar bilan ishlash va ularga tahririy ko‘mak berish;
• Tahririy standartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
• Kontent oqimi va kun tartibini boshqarish;
• Sarlavhalar va SEO optimallashtirish ustida ishlash.

Biz sizdan kutamiz:
• O‘zbek tilini mukammal bilish;
• Ingliz va/yoki rus tilini bilish;
• Kamida 3 yillik ish tajribasi;
• Tahririy jarayonlarni chuqur tushunish;
• Tanqidiy fikrlash va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari.

Biz nima taklif qilamiz?
• Kelishilgan miqdordagi munosib ish haqi;
• Haftasiga 5 kunlik ish grafigi;
• Toshkent markazidagi qulay ofis;
• Professional, erkin va ijodiy muhit;
• Mamlakatning eng muhim voqealari markazida ishlash imkoniyati.

Mos nomzodlar o‘z rezyumelarini telegram orqali @Farkhadovna_Madinabonu akkauntiga yuborishlari mumkin. Biz jamoaga mas’uliyatli va tajribali mutaxassislarni qabul qilamiz.


Teglar

Mavzuga oid

Vaqt.uz jamoasiga qo‘shiling | Vaqt.uz