add

Venesuelaga hujumning asl maqsadi Maduroni qo‘lga olish edi — AQSH hukumati

03.01.2026 | 18:011 daqiqa

AQSH prezidenti maslahatchisi Marko Rubio Venesuelaga berilgan zarbalar Nikolas Maduroni qo‘lga olish uchun niqob bo‘lganini ma’lum qildi.

Venesuelaga hujumning asl maqsadi Maduroni qo‘lga olish edi — AQSH hukumati

AQSH rasmiylari Venesuelada kuzatilgan harbiy harakatlarning asl sabablarini ochiqladi. Qayd etilishicha, amalga oshirilgan operatsiyaning asosiy maqsadi mamlakat rahbari Nikolas Maduroni hibsga olish bo‘lgan.

Senator Mayk Li X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, u Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashgan. Suhbat davomida Rubio Venesuyeladagi jangovar harakatlar qamoqqa olish orderini ijro etayotgan AQSH vakillarini himoya qilish va qo‘riqlash maqsadida amalga oshirilganini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Nikolas Maduro AQSH tomonidan jinoiy javobgarlikka tortish uchun hibsga olingan. U Qo‘shma Shtatlarda sud qilinishi kutilmoqda. AQSH davlat kotibi o‘rinbosari va Meksikadagi sobiq elchi Kristofer Landau Maduro AQSH harbiylari tomonidan qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini tasdiqlagan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar harbiy kuchlari Venesuela hududiga zarba berganini ochiq tasdiqlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingan va mamlakat hududidan olib chiqib ketilgan.

Tramp Venesueladagi harbiy amaliyot oldindan puxta rejalashtirilganini, unga ko‘plab harbiy bo‘linmalar jalb etilganini ta’kidlagan. Vashington rasmiylari hozircha Venesuelaga nisbatan qo‘shimcha harbiy harakatlar rejalashtirilmaganini bildirmoqda, biroq vaziyat xalqaro maydonda keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Teglar

Mavzuga oid