add

Viloyatlarda metan to‘ldirish shoxobchalariga cheklov vaqtlari ma’lum qilindi

Kecha 13:0312211 daqiqa

Eng ko‘p cheklovlar vodiy viloyatlarida joylashgan metan «zapravka»larga kiritilgan.

Viloyatlarda metan to‘ldirish shoxobchalariga cheklov vaqtlari ma’lum qilindi

«Hududgazta’minot»ning hududiy filiallari avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklov vaqtlarini ma’lum qilmoqda.

Toshkent shahrida 78 ta gaz quyish shoxobchasi uchun ish vaqti tonggi 06:00 dan kechki 23:00 gacha etib belgilandi. Bu cheklov poytaxtdagi transport oqimi va mavsumiy gaz iste’moli balansiga moslashtirilgan bo‘lib, talab yuqori bo‘lgan soatlarda xavfsiz va barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan.

Farg‘ona viloyatida 173 ta AGTKSH uchun ish vaqti 06:00 dan 18:00 gacha qilib belgilab qo‘yildi. Namangan viloyatida ham xuddi shu tartib qo‘llanilib, 134 ta shoxobcha aynan 05:00–17:00 oralig‘ida ishlaydi. Andijon viloyatida 143 ta shoxobcha faoliyati 05:00 dan 17:00 gacha belgilandi. Hududdagi gaz iste’molidagi baland yuklama inobatga olinib, kechki vaqtlarda bosim pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsad qilingan.

Shu tartibda Navoiy viloyatida 51 ta metan «zapravka» faoliyati soat 6:00 dan 19:00 gacha, Xorazm viloyatida esa 94 ta AGTKSH faoliyati soat 5:00 dan 17:00 gacha qilib belgilandi.

Avvalroq Energetika vazirligi qo‘shni davlatda texnik nosozlik tufayli gaz importi qisqargani va aholi xonadonlariga uzluksiz gaz yetkazib berish ustunligi sabab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishi haqida ogohlantirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid