«Xalq banki» DXX tarqatgan ma’lumotlarni inkor etmoqda

27.02.2026 | 17:101 daqiqa

Avvalroq Buxoro viloyati Romitan tumanida «Xalq banki» standart bank xizmatlari markazi shu’ba mudiri 800 mln so‘m kredit olib berishni va’da qilib, evazida pora talab qilganligi haqida xabar berilgandi.

«Xalq banki» DXX tarqatgan ma’lumotlarni inkor etmoqda

«Xalq banki» DXX e’lon qilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida rasmiy munosabat bildirdi.

Avvalroq Buxoro viloyatining Romitan tumanida AT «Xalq banki» standart bank xizmatlari markazi shu’ba mudiri 800 mln so‘m kredit olib berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilganligi, pulning 1000 dollarini uchinchi shaxs orqali olgan paytda tezkor guruh tomonidan ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

«Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor qo‘shma tadbirda bankning shu’ba mudiri boshqa tijorat bankida ishlovchi tanishlari orqali kredit mablag‘i olib berish evaziga uchinchi shaxs orqali pora olgan vaqtida qo‘lga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deyiladi rasmiy munosabatda.

Xususan, «Xalq banki» matbuot kotibi qo‘lga olingani aytilgan xodimning ayni tadbir vaqtida mehnat ta’tilida va Toshkent shahrida bo‘lganligini ma’lum qilgan.

«Rasmiy xulosalar e’lon qilinguniga qadar, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilinadi», — deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid