Xerson yaqinida kema cho‘kdi: ekipaj qurbonlari bor

Bugun 20:422 daqiqa

Azov dengizida bug‘doy yuklangan kema cho‘kdi. 11 nafar ekipajdan 2 nafari halok bo‘lgan. Hodisa dron hujumi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Xerson yaqinida kema cho‘kdi: ekipaj qurbonlari bor

Bug‘doy yuklangan kema Azov dengizida, Xerson oblasti sohillari yaqinida cho‘kib ketdi, quruq yuk tashuvchi kemaning 11 nafar ekipaj a’zosidan ikki nafari halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 5-aprel kuni Rossiya davlat axborot agentligi «TASS» operativ xizmatlarga tayanib xabar qildi.

«Azov dengizida cho‘kkan quruq yuk kemasining 9 nafar ekipaji kapsula-qayiqqa o‘tib, Xerson oblastiga yetib oldi», – deyiladi agentlik xabarlaridan birida.

Kema Kerchdan shimol tomonda 300 milya (480 km) masofada cho‘kib ketgani qayd etilgan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, kema «dron hujumi natijasida» cho‘kkan. Xabar e’lon qilingan paytda Ukraina Qurollii kuchlari bosh shtabi ham, Rossiya Mudofaa vazirligi ham ushbu hodisa yuzasidan izoh bermagan.

Bir necha soat oldin Rossiya tomonidan tayinlangan «gubernator» Vladimir Saldo «Telegram» orqali Azov dengizi akvatoriyasida bug‘doy yuklangan «Volgo-Balt» turidagi kema halokatga uchraganini ma’lum qilgan. Ekipaj kema bortin tark etib, Xerson oblasti sohiliga yetib olgan.

«Sohilda RF fuqarolari bo‘lgan 9 nafar ekipaj a’zosi topildi», – deydi u.

Uning versiyasiga ko‘ra, kemada 12 nafar rossiyalik bo‘lgan, faqat kapitanning katta yordamchisi (1991-yil tug‘ilgan) halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

Taganrogga raketali zarba berildi

Rostov oblasti gubernatori Yuriy Slyusarning aytishicha, 5-aprelga o‘tar kechasi Taganrogga raketa va dronlar bilan hujum qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohat olgan, ular orasida «chet el fuqarosi» ham bor. Uch nafar jabrlanganning ahvoli og‘ir deb baholangan.

Raketa zarbasi natijasida Taganrogda tijorat infratuzilmasiga zarar yetgan, logistika kompaniyasi omborlaridan birida yong‘in kelib chiqqan.

«Qo‘ltiq akvatoriyasida (Azov dengizi) dron parchalari tushishi natijasida tijorat kemasiga zarar yetdi va yong‘in yuz berdi. Chet el bayrog‘i ostidagi quruq yuk kemasi sohildan bir necha kilometr uzoqlikda bo‘lgan», – deya qo‘shimcha qildi u.

Teglar

Mavzuga oid