add

Xitoy nega ko‘chmas mulk bozoridagi inqirozni yashirmoqda?

Kecha 08:5812512 daqiqa

Xitoy hukumati uy-joy bozoridagi chuqur inqiroz fonida statistik ma’lumotlarni chekladi, aholi esa uy narxlari pasayishi ortidan trln dollarlik boylikni yo‘qotdi.

Xitoy nega ko‘chmas mulk bozoridagi inqirozni yashirmoqda?

Xitoy hukumati ko‘chmas mulk bozorida davom etayotgan inqiroz fonida ushbu sohadagi ma’lumotlarni e’lon qilish ustidan nazoratni kuchaytirdi. O‘tgan oy xususiy tahliliy kompaniyalarga uy-joy oldi-sotdisi bo‘yicha statistikani nashr etmaslik ko‘rsatmasi berildi. Bu esa inqiroz ko‘lamini baholash imkonini bergan kam sonli mustaqil manbalardan birini ham yopdi, deb yozadi Deutsche Welle.

So‘nggi yigirma yildan ortiq vaqt davomida Xitoy ko‘chmas mulk bozori jadal o‘sishni boshdan kechirgan. 2020 yilga kelib uy-joy narxlari aholi o‘rtacha daromadlaridan 17 barobar yuqori darajaga chiqqan. Bu o‘sish 1990-yillar oxirida uy-joy xususiylashtirilishi, ommaviy urbanizatsiya va davlat banklarining arzon kreditlari hisobiga ta’minlangan edi. Millionlab oilalar uchun ko‘chmas mulk asosiy boylik jamg‘arish vositasiga aylangan.

Inqiroz COVID-19 pandemiyasi davridagi ilk lokdaunlar ortidan boshlandi. Hukumat qurilish kompaniyalari uchun qarz olishni cheklovchi «uchta qizil chiziq» qoidasini joriy qildi. Bu Evergrande va Country Garden kabi yirik developerlarning defoltiga olib keldi. Shundan beri bozordagi pasayish yanada chuqurlashib bormoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, uy-joy narxlarining tushishi oqibatida xitoylik xonadonlar jami 18 trln dollardan ortiq boylikni yo‘qotgan. Ilgari YAIMning qariyb to‘rtdan bir qismini ta’minlagan qurilish sektori hozir iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirmoqda. Ayniqsa ikkinchi va uchinchi darajali shaharlarda narxlar 30 foizgacha, ayrim hududlarda esa undan ham ko‘proqqa pasaygan.

Mamlakat bo‘ylab tugallanmagan uylar, «arvoh shaharlar» saqlanib qolmoqda, millionlab oilalar esa manfiy kapital holatiga tushib qolgan. Shu sharoitda Pekin yangi pufak paydo bo‘lishidan qo‘rqib, keng ko‘lamli rag‘batlantirish choralaridan tiyilib, bozorni sekin-asta tuzatish yo‘lini tanlamoqda.

Mutaxassislar fikricha, ushbu pasayish yana 5–10 yil davom etishi mumkin. Oddiy xitoyliklar uchun esa bu uzoq muddatli moliyaviy bosimni anglatadi: oilalarning eng asosiy aktivi bo‘lgan uy-joy qiymati 2020 yildagi eng yuqori darajasiga qaytmasligi ham ehtimoldan xoli emas.

Teglar

Mavzuga oid