add

Xitoy TIV rahbari Vang Yi Toshkentga keldi

Kecha 08:582851 Daqiqa

U Baxtiyor Saidov bilan birga Islom sivilizatsiyasi markazini ko‘zdan kechirdi.

Xitoy TIV rahbari Vang Yi Toshkentga keldi

Kecha, 20-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Vang Yi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Saidov xitoylik mavqedoshiniToshkentdagi yaqinda qurib bitkazilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga olib borgan.

«Birgalikda mintaqamizning boy ilmiy merosi, chuqur ildiz otgan madaniy an’analarimiz va buyuk mutafakkirlar asrab-avaylash hamda targ‘ib etishga bo‘lgan umumiy sadoqatimiz ramzi — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdik», - deya yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy TIV rahbari Vang Yi Toshkentga keldi | Vaqt.uz