add

Xitoyda topilgan ulkan oltin konlari qiymati 80 mlrd dollardan oshishi mumkin

Kecha 09:082691 daqiqa

Xitoyda 2 ming tonnagacha zaxiraga ega ikki ulkan oltin koni aniqlandi. Geologik tomondan tasdiqlansa, konlar qiymati 80 mlrd dollardan oshishi mumkin.

Xitoyda topilgan ulkan oltin konlari qiymati 80 mlrd dollardan oshishi mumkin

Xitoylik geologlar mamlakatning ikki hududida — Xunan viloyatidagi Vangu va Lyaonin viloyatidagi Dadonggou maydonlarida ulkan oltin konlar aniqlanganini bildirmoqda. Ilk baholashlarga ko‘ra, mazkur maydonlarda qimmatbaho metall jami 2000 metrik tonna atrofida oltin bo‘lishi mumkin.

Vangu konining o‘zi 600 mlrd yuanga (taxminan 83 mlrd dollar) baholanmoqda. 2024 yil oxirida «Sinxua» agentligi ma’lumot tarqatgan «super ulkan» zaxira 300 tonnani tashkil etgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2000 metr chuqurlikda aniqlangan resurslar 3000 metrgacha bo‘lgan qatlamlarda ming tonnadan ortiq oltinni o‘z ichiga olishi ehtimol qilinmoqda.

Lyaonindagi Dadonggou koni esa yanada katta hajmni qamrab olishi mumkin. Xitoy hukumatining ilmiy brilling ma’lumotlarida bu hududda 1500 tonna atrofida oltin bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. 1980-yillarda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan o‘zanlar aslida 3000 metr uzunlik va 1500 metr kenglikda qimmatbaho mineral kamari ekani ma’lum bo‘lgan.

Oltin Yer qa’rida juda kam uchraydi: uning ulushi har bir tonna jinsda o‘rtacha 0,004 grammgina bo‘ladi. Shu bois yuqori konsentratsiyaga ega bunday «bonanza» hududlari jahon bozori uchun strategik ahamiyatga ega. Yaqin yillarda mazkur konlar Xitoyning global oltin ishlab chiqarish hajmida yanada yetakchi o‘ringa chiqishiga xizmat qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyda topilgan ulkan oltin konlari qiymati 80 mlrd dollardan oshishi mumkin | Vaqt.uz