Yangi Toshkent qurilishidan «Ustyurt» loyihasigacha. O‘zbekiston Britaniya bilan nimalarga kelishdi?

27.02.2026 | 14:354 daqiqa

Birinchi «Markaziy Osiyo – Britaniya» muloqotidan qatnashgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yirik xalqaro investorlar – «BP», «Standard Chartered» va «Benoy» bilan barqaror energetika, infratuzilma va transformatsiya loyihalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Yangi Toshkent qurilishidan «Ustyurt» loyihasigacha. O‘zbekiston Britaniya bilan nimalarga kelishdi?

Kecha, 26-fevral kuni Londonda Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Ivett Kuper boshchiligida  «Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya» formatidagi birinchi tashqi ishlar vazirlari muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham ishtirok etdi.

1

London tashabbusi bilan o‘tkazilgan muloqot mintaqaning iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashish, shuningdek, Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish uchun dolzarb va mazmunli platforma bo‘lib xizmat qilgani aytiladi. Unda savdo diversifikatsiyasi, sanoat kooperatsiyasi, barqaror infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoning strategik xomashyo resurslari va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston vazirining Londonga tashrifi dasturi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonga tashrifi davomida qator uchrashuvlar ham o‘tkazdi. Shulardan biri britaniyalik mavqedoshi Ivett Kuper bilan bo‘ldi. Saidov Kuper bilan O‘zbekiston va Buyuk Britaniya orasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

2

«Muhokamalarimiz savdo va investitsiyalar, infratuzilmani barqaror rivojlantirish, energetika sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy bog‘liqlikni o‘z ichiga olgan ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratildi», – deb yozadi vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

3

25-fevral kuni esa Saidov Buyuk Britaniya investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri Lord Jeyson Stokvud bilan uchrashgan edi. Ular birgalikda sanoat, energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, muhim foydali qazilmalar, sog‘liqni saqlash hamda raqamli texnologiyalar sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Saidov Buyuk Britaniyaning Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF) bosh ijrochi direktori Tim Rid bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektorning rolini kuchaytirish masalalarini muhokama qilingan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri dunyodagi eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri bo‘lgan BP (British Petroleum)ning katta vitse-prezidenti Ariel Flores va BP kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zolari bilan ham uchrashib, O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investitsiya muhitini yanada yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar va yirik qo‘shma loyihalarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qildi.

4

«Ustyurt» loyihasini izchil rivojlantirish, qo‘shimcha neft va gaz imkoniyatlarini o‘rganish, qayta tiklanadigan energiya va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdik», – deydi Saidov.

O‘zbekiston vazirining suhbatdoshlari orasida «Standard Chartered» banki bosh direktori Saif Malik ham bor. U bilan yirik sanoat loyihalarini moliyalashtirish, «yashil» energetika tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotning real sektori bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan. Qayta tiklanadigan energetika, infratuzilmani rivojlantirish va barqaror moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Saidov hamkorlikni yanada mustahkamlash, transformatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish va bankning O‘zbekiston milliy moliya tizimiga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida mustahkam sheriklik aloqalarini o‘rnatishga tayyor ekanini bildirgan.

Baxtiyor Saidov Londonda arxitektura, master-reja, interer va grakik dizayn bilan shug‘ullanuvchi mashhur «Benoy» kompaniyasi bosh direktori Tom Kartlej bilan ham uchrashdi. Ular O‘zbekiston bo‘ylab hududlarni rejalashtirish, Yangi Toshkent qurilishi, master-rejalarni ishlab chiqish, shuningdek, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qilgan.

5

«Benoy» kompaniyasining O‘zbekistondagi rivojlantirish loyihalarida ishtirokini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaymiz hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyormiz», – dedi vazir.

Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vazir markaziy osiyolik mavqedoshlari bilan birga shahzoda Edvard, Mudofaa vazirligi davlat vaziri lord Vernon Koker, Jamoat palatasi spikeri Lindsi Hoyl bilan ham uchrashgan.

6

Markaziy Osiyo davlatlari tashыi ishlar vazirlari uchun Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va Britaniyaning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida rasmiy qabul marosimi ham o‘tkazildi. Tadbir moliya, sanoat, infratuzilma va sog‘liqni saqlash kabi strategik sohalarda faoliyat yurituvchi «Rio Tinto», «Rolls-Royce», «International Hospitals Group» va «Intertek» kabi yetakchi kompaniya vakillarini bir joyga jamlagan.

7

Qabul doirasida Saidov Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari Devid Lemmi bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlarni ilgari surish masalalarini muhokama қилинган.

 

Nimalarga kelishildi?

8

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, «yashil» moliyalashtirish vositalaridan samarali foydalanish, ta’lim va akademik almashinuvlarni kengaytirish orqali amaliy natijalarga yo‘naltirilgan Anglashuv memorandumlarini imzoladi.

9

Baxtiyor Saidov va Jeyson Stokvud Sog‘liqni saqlash xizmatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzoladi. Ushbu hujjat O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda yanada chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam asos yaratadi.

10

Shuningdek, vazir Saidov va bosh ijrochi direktor Tim Rid O‘zbekistonda ustuvor infratuzilma loyihalarini amalga oshirish maqsadida «UKEF» moliyaviy resurslaridan foydalanish bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladi.

Teglar

Mavzuga oid