Yanvar oyida eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

02.03.2026 | 13:541 daqiqa

O‘zbekistonda yanvar oyida 22 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Yanvar oyida eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda jami 22 099 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 6 846 taga ko‘p.

Eng katta ulushni Cobalt modeli egalladi — 6 993 dona. O‘tgan yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 5 660 donani tashkil etgan edi.

photo_2026-03-02_13-54-47

Ikkinchi o‘rinni Damas modeli band qildi — 3 628 dona. Bir yil avval bu raqam 2 765 dona bo‘lgan. Shuningdek, Tracker ishlab chiqarishi 1 900 donaga yetdi, bu o‘tgan yilgi 1 334 donaga nisbatan sezilarli o‘sishni anglatadi. Onix modeli bo‘yicha ham ijobiy dinamika kuzatilib, yanvarda 1 974 dona ishlab chiqarildi, 2025 yil yanvarda esa 1 462 dona qayd etilgan.

Boshqa brendlar kesimida ham sezilarli o‘sish qayd etildi. Kia ishlab chiqarishi 2 298 donani tashkil etdi, bir yil oldin bu ko‘rsatkich 1 978 dona edi. BYD 1 352 dona avtomobil ishlab chiqargan bo‘lsa, o‘tgan yil yanvarda 802 dona qayd etilgan.

Shuningdek, o‘tgan yili yanvar oyida 373 dona Haval modeli ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu yil 1 135 dona ishlab chiqarildi. Chery esa 757 dona (594 dona) natija ko‘rsatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil yakunida mamlakatda jami 257,8 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

«O‘zbekiston 2030» strategiyasida kelgusi besh yilda bu hajmni 1 million donaga yetkazish rejalashtirilgan. 2027 yilda 550 ming, 2028 yilda 700 ming, 2029 yilga borib esa 800 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid