Yaqin Sharqdagi notinchlik ortidan kriptobozor ham keskin quladi
Yaqin Sharqdagi keskinlashuv kriptovalyuta bozorida sarosima uyg‘otib, qisqa vaqtda 100 million dollarlik long (uzun) pozitsiyalar yopilishiga sabab bo‘ldi.
© SI asosida yaratilganIsroilning Eronga qarshi profilaktik zarbasi haqidagi xabarlar tarqalishi bilan Bitkoin narxi keskin pasaydi va global moliya bozorlarida xavotir kuchaydi. Yetakchi raqamli aktiv qariyb 4 foizga tushib, 65 500 dollar atrofidan 63 000 dollargacha arzonladi.
Derivativlar bozori ma’lumotlariga ko‘ra, ilk daqiqalar ichida yirik birjalarda taxminan 100 million dollarlik long pozitsiyalar majburiy ravishda yopildi. Bu esa investorlar yuqori xavf sharoitida aktivlarini tezkor sotishga o‘tayotganini ko‘rsatadi.

Geosiyosiy beqarorlik avval ham Bitkoin narxiga ta’sir ko‘rsatgan. 2024 yil aprelida Isroilning Eronga raketa zarbasidan so‘ng kriptobozorda shunday pasayish kuzatilgan edi.

AQSH–Xitoy savdo urushi va Rossiya–Ukraina mojarosi kabi voqealar ham moliya bozorlarida yuqori noaniqlikni keltirib chiqargan. Shu bilan birga, tarixiy tajriba kriptobozor yirik sotuvlardan keyin tiklanishga moil ekanini ko‘rsatadi.





