Yaqin Sharqdan 21 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

09.03.2026 | 15:451 daqiqa

Urush sharoitida Yaqin Sharq davlatlaridan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan fuqarolar soni 21 mingdan oshdi.

Yaqin Sharqdan 21 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

9-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolarni mamlakatga olib kelish ishlari bosqichma-bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan davlatlar orqali tashkil etilmoqda. Bu mamlakatlar orqali tranzit parvozlar amalga oshirilib, o‘zbekistonliklar xavfsiz tarzda vatanga qaytarilmoqda.

Statistikaga ko‘ra, eng ko‘p fuqaro Saudiya Arabistoni orqali qaytarilgan. Ushbu mamlakatdan 17 963 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingan. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklaridan 3 290 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

Bundan tashqari, Erondan 47 nafar, Qatardan 378 nafar, Bahrayndan 27 nafar va O‘mondan 7 nafar fuqaro qaytarilgan. Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, evakuatsiya jarayonlari xalqaro hamkorlar va diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

«Vatandoshlarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda», — deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytda repatriatsiya ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan mamlakatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8-mart holatiga ko‘ra, Yaqin Sharq davlatlaridan O‘zbekistonga jami 19 347 nafar fuqaro qaytarilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid