
Zelenskiy Putin bilan ilk bor uchrashganda nima haqda gaplashganini aytdi
U Putin bilan birinchi uchrashuvini esga oldi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan birinchi uchrashuvini yodga oldi va ba’zi haqiqatlarni tan oldi. Bu haqda UNIAN nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, birinchi uchrashuvda Zelenskiy Putinga Qrimni berish istagini bildirgan.
«Balki men buni ilk uchrashuvda aytgandirman va menimcha, o‘shanda haq bo‘lganman. Ochig‘ini aytsam, hozir bu masalalarning barchasiga kuchimiz yetmaydi. Buning uchun yetarli yordam ham yo‘q», - dedi Ukraina rahbari.
Shuningdek, Zelenskiy Ukrainaning hozirda NATOga qo‘shilish imkoniyati yo‘qligini tan oldi.
Biz haqiqatga tik boqamiz. Chin dildan NATOga qo‘shilishni xohlaymiz. Lekin aniq bilamizki, na AQSH, na boshqa bir qancha davlatlar Ukrainani hali ittifoqda ko‘rmayapti. Va, albatta, Rossiya bizni u yerda hech qachon ko‘rishni istamaydi», - dedi u.
Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi birinchi va hozirgacha oxirgi shaxsiy uchrashuv bundan roppa-rosa olti yil oldin Parijda, Normandiya to‘rtligi sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Undan buyon tomonlar o‘rtasida bevosita muzokaralar formati tiklanmagan.





