add

«Zelenskiyga muammo tug‘dirmoqchi emasman»: Andrey Yermak frontga ketyapti

29.11.2025 | 12:4510881 daqiqa

U o‘z sha’niga yog‘dirilgan tuhmat payti haqiqatni biladiganlarning qo‘llab-quvvatlamaganidan g‘azablanganini aytdi.

«Zelenskiyga muammo tug‘dirmoqchi emasman»: Andrey Yermak frontga ketyapti

Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbari Andrey Yermak frontga jo‘nayotganini aytdi. Bu haqda u The New York Post nashriga bergan izohida aytgan.

«Men oldingi safga jo‘nayapman va har qanday qatag‘onga tayyorman. Men halol va vijdonli odamman. 2022 yil 24-fevraldan beri Kiyevda bo‘lishimga qaramay, meni sharmanda qilishdi va qadr-qimmatimni himoya qilishmadi. Shu sababli men Zelenskiyga muammo tug‘dirmoqchi emasman: frontga ketyapman. Mening sha’nimga yog‘dirilgan tuhmatdan g‘azabdaman va haqiqatni biladiganlarning qo‘llab-quvvatlamasligi meni yanada ko‘proq g‘azablantirdi», - degan u.

Yermak frontga qachon va qanday tarzda borishini aniqlashtirmadi.

2

28-noyabr kuni Ukraina prezidenti Voladimir Zelenskiy o‘z idorasi rahbari Andrey Yermakning iste’fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Kunning birinchi yarmida korrupsiyaga qarshi kurash organlari xodimlari amaldorning uyida va ish joyida tintuv o‘tkazishgan.

29-30-noyabr kunlari Yermak Ukraina delegatsiyasi tarkibida Mayamiga kelishi va AQSH prezidentining vakillari Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner bilan Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichini o‘tkazishi kutilayotgan edi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralarga Yermak o‘rniga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov va tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa borgan.

Teglar

Mavzuga oid