add

Dam olish kunlari ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Bugun 14:253542 daqiqa

O‘zgidromet 5-8-dekabr kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dam olish kunlari ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

5-8-dekabr kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Bugun kunduzi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6-7-dekabr kunlari esa respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat shanba kuni kechqurun va yakshanba kuniga o‘tar kechasi Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Xorazm viloyatida yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi ham mumkin.

Havo harorati asosan 5-7-dekabrda kechalari -2...+3, kunduz kunlari +8...+13 daraja iliq, shimolda kechalari -2...-7 daraja sovuq, kunduz kunlari +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

8-dekabrda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 7-8-dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Toshkentda 5-dekabrda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 6-7-dekabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 6-dekabrda kechqurun va 7-dekabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat asosan 5-7-dekabrda kechalari 0...+2 daraja iliq, kunduz kunlari +9...+12 daraja iliq bo‘ladi.

8-dekabrda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +5...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Teglar

Mavzuga oid