Logo

Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova lavozimidan ozod etilgan

Bugun 10:171 daqiqa

Bu haqda Vaqt.uz'ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova lavozimidan ozod etilgan © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Vaqt.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, bugun shuningdek, qo‘mitaga yangi rahbar tayinlanishi ham kutilmoqda. Hozircha Mahkamovaning ishdan olinish sabablari hamda uning vorisi kim bo‘lishi borasida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, Zulayho Mahkamova 2022 yil 1-martdan buyon Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (Bosh vazir o‘rinbosari) lavozimida ishlab kelayotgan edi. U mazkur tayinlovga qadar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida ham faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid

Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova lavozimidan ozod etilgan | Vaqt.uz