Logo

Muzaffar Komilov prezidentga diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi

Bugun 14:001 daqiqa

Shu tufayli u egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Muzaffar Komilov prezidentga diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi © iiau.uz

Muzaffar Murodovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari tegishli farmonni imzoladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Muzaffar Komilov 2018-yilga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida ish olib borgan.

2018-yil 18-aprel sanasidan boshlab Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yilda Muzaffar Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangandi. 2022-yil 2-fefral kunidan boshlab Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi va Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga qo‘yildi. Ushbu lavozim bilan birga Muzaffar Komilov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ish olib borishda davom etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgandi. Unga boshqa lavozim ishonib topshirildi.

Teglar

Mavzuga oid

Muzaffar Komilov prezidentga diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi | Vaqt.uz