Logo

17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi

Kecha 14:551 daqiqa

O‘zbekistonda 14 ta pedagogika oliygohi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta OTM Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tdi.

17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi

«Ayrim davlat oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–358-son, 02.10.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta OTM Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

rasm



O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

 Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalar yuklandi:

— yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;

— pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

— pedagogik ta’limning uzviyligi va uzluksizligini, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini ta’minlash;

— pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

— pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov O‘zbekistonda hozircha yangi universitetlar ochilmasligini ma’lum qilgandi.

Teglar

Mavzuga oid