add

15-dekabrdan qo‘shimcha vagonlar va poyezdlar qo‘yilishi boshlanadi

Kecha 11:551851 daqiqa

Yangi yil bayrami arafasida chiptalar qolmaganligi sabab foydalanuvchilar poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar qo‘shish kerakligini aytishgandi. Bu bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Vaqt.uz’ga izoh berdi.

15-dekabrdan qo‘shimcha vagonlar va poyezdlar qo‘yilishi boshlanadi

Avvalroq talabalar uchun 2025 yil 18-dekabrdan 2026 yil 12-yanvargacha barcha mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlari chiptalariga 50 foiz chegirma e’lon qilingandi . Bu chegirma yo‘lovchi poyezdlarning SV/VIP klass vagonlari hamda «Afrosiyob» poyezdi uchun taalluqli emasdi.

Lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda 23-dekabrdan 27-dekabrgacha yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar qolmagani aytilgandi. Shu sababdan tarmoq foydalanuvchilari Yangi yil bayrami oldidan qo‘shimcha poyezdlar va vagonlar qo‘yish kerakligi haqida aytishgan edi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot kotibi Alisher Boltaboyevning Vaqt.uz nashriga ma’lum qilishicha, 15-dekabrdan boshlab qo‘shimcha vagonlar va poyezdlar qo‘shilishi boshlanadi.

«Chiptalar platformada e’lon qilinishidan oldin sotilib ketgan bo‘lmaydi. Chunki qo‘shimcha qo‘yilgan vagonlar va poyezdlarning chiptalari o‘rnatilgan tartibda kassalarga beriladi. Jumladan, Milliy universitetda sayyor kassalar tashkil qilingan. Shuningdek, Iqtisodiyot universitetida ham sayyor kassa faoliyat ko‘rsatyapti», — dedi Alisher Boltaboyev Vaqt.uz muxbiriga.

Teglar

Mavzuga oid