add

2025 yilda 9,7 mln yo‘lovchi samolyotlarda tashilgan

Bu ko‘rsatgich 2024 yilning mos davri bilan solishtirganda deyarli 3,7 mln nafar yo‘lovchiga oshgan.

2025 yilda 9,7 mln yo‘lovchi samolyotlarda tashilgan

2025 yilda havo transporti orqali 9,7 million yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda havo transportida bir kunda o‘rtacha 26,4 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda samolyotlar orqali 6 mln yo‘lovchi tashilgan. 2025 yilda bu ko‘rsatgich deyarli 3,7 mln nafar yo‘lovchiga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda metropoliten orqali 286 milliondan ziyod yo‘lovchi tashilgani haqida xabar bergan edik. So‘nggi besh yil davomida metropolitendan foydalanuvchilar soni jadal oshib, ko‘rsatkich yetti barobardan ortiq o‘sishni qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid