5 grammlik oltin quymaning narxi 8 mln so‘mdan oshdi
09.10.2025 | 10:3044302
Markaziy bank tomonidan sotuvga chiqarilayotgan 5 grammlik oltin quymalar narxi 8 mln so‘mdan oshdi. Oltin quyma narxi bir oyda 512 ming so‘mga, 1 yil ichida esa 2 mln 450 ming so‘mga ko‘tarildi.

Markaziy bank tomonidan sotuvga chiqariladigan oltin quymalar narxi kechagiga nisbatan yana 1,5 foizga oshdi. 9 oktyabr holatiga 5 grammlik oltin quyma narxi 8 mln 43 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
5 grammlik oltin quymalar narxi 1 hafta ichida 306 ming so‘mga, 1 oy ichida esa 512 ming so‘mga oshdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda o‘lchovli quymalar narxi 2 mln 450 ming so‘mga yoki 43,8 foizga oshgan. Bu natija O‘zbekistondagi boshqa investitsiya vositalariga — ko‘chmas mulk yoki so‘mdagi omonatlarga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichdir.
Ayni damda oltin narxi dunyo bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatishda davom etmoqda. 1 unsiya oltin narxi 4 ming dollardan oshdi.
Markaziy bank oltin quymalarini SQB Mobile ilovasi orqali onlayn tarzda yoki tegishli tijorat bankларига tashrif buyurib sotib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oltin narxi oshishi fonida O‘zbekiston xalqaro zaxiralari hajmi ortib, qariyb 55 mlrd dollarga yetdi.