Logo

60 kunlik sulh tugamoqda: AQSH va Eron hal qiluvchi pallada yangi kelishuvga erishdi

Bugun 18:311 daqiqa

Pokiston vositachiligida olib borilayotgan muzokaralar strategik Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi xavfsizlik kafolatlari sababli to‘xtab qolgan edi. Biroq, «Anadolu» agentligining ma’lum qilishicha, har ikki tomon tinchlikni saqlab qolishga rozilik bildirgan.

60 kunlik sulh tugamoqda: AQSH va Eron hal qiluvchi pallada yangi kelishuvga erishdi

AQSH va Eron 17-avgust kuni yakunlanishi kerak bo‘lgan 60 kunlik sulhni uzaytirishga kelishdi. Bu haqda Pokiston hukumatidagi manbalariga tayanib, «Anadolu» agentligi ma’lum qildi.

Muzokara jarayoniga yaqin manbaning aytishicha, ikki tomon ham vositachilarga kelishuv muddatini uzaytirishga roziligini bildirgan. Biroq Vashington va Tehron yangi muddat qancha davom etishi masalasida hali yakuniy qarorga kelmagan.

Muzokaralar nega to‘xtab qoldi?

Sulh Pokiston vositachiligida erishilgan kelishuv asosida amal qilmoqda. Tomonlar 17-iyun kuni Islomobod memorandumini imzolab, yakuniy kelishuvga erishish uchun muzokaralarni boshlagan edi.

AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar keyinchalik xavfsizlik kafolatlari hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali erkin harakatlanish masalalaridagi kelishmovchiliklar sabab to‘xtab qolgan.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi jahon energetika ta’minoti va xalqaro savdo uchun strategik ahamiyatga ega. Shu bois uning xavfsizligi bo‘yicha kelishuv mintaqaviy muzokaralarning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shunga qaramay, ikki tomon sulhni saqlab qolishga rozilik bildirgan. Vositachilar orqali olib borilayotgan xabar almashinuvida yangi muddat masalasi muhokama qilinmoqda.

Zarbalardan keyin murosa

8–24-iyul kunlari AQSH va Eron o‘rtasida harbiy zarbalar almashinuvi sodir bo‘ldi. Vashington Eron hududidagi nishonlarga hujum qilgan bo‘lsa, Tehron bunga javoban Iordaniya, Bahrayn va Kuvayt kabi qator arab davlatlarida joylashgan AQSH harbiy obyektlari va texnikalariga zarba berdi.

Teglar

Mavzuga oid

60 kunlik sulh tugamoqda: AQSH va Eron hal qiluvchi pallada yangi kelishuvga erishdi | Vaqt.uz