add

Abbosbek Fayzullayev ham endi Turkiyada to‘p suradi

17.07.2025 | 17:3039303

Fayzullayev Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Uning «Istanbul Bashakshehir» klubiga transferi borasida kelishuvga erishilgani xabar qilinmoqda.

Abbosbek Fayzullayev ham endi Turkiyada to‘p suradi
Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi Rossiyaning SSKA jamoasida to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullayev bilan kelishuvga erishgani haqida turkiyalik jurnalist Osman Altunterim ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Moskva klubi o‘zbekistonlik futbolchi uchun 7 million yevro miqdorida mablag‘ ishlab oladi. Fayzullayev 2023 yildan buyon SSKA safida to‘p surmoqda. 2024/25 yilgi mavsumda u jamoa tarkibida 39 uchrashuvda ishtirok etdi, uchta gol urdi va sakkizta golli uzatma berdi. Shu bilan birga, u Rossiya Kubogi va Superkubogini jamoasi bilan qo‘lga kiritgan. 2022 yilda SSKA futbolchini Toshkentning «Paxtakor» jamoasidan 500 ming yevro evaziga sotib olgan edi va 2026 yilgacha shartnoma imzolagandi. Hozirgacha u SSKA safida 72 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 22 ta assist bilan ajralib turgan. Futbolchi kelajagi haqida turlicha fikrlar yangramoqda. SSSRning sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov «Sovetskiy sport» nashriga bergan intervyusida Fayzullayev Turkiya chempionatida muvaffaqiyat qozona olishiga shubha bildirdi. Uning fikricha, Fayzullayev hozirgi holati bilan Yevropa yoki Turkiya uchun yetarli darajada tayyor emas. Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayevdan avvalroq, yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ham «Istanbul Bashakshehir»ga kelib qo‘shilgan. U «Roma»dan ijara asosida o‘tgan bo‘lib, mavsum oxirida uni sotib olish imkoniyati mavjud.

Teglar

Mavzuga oid