add

Albaniyada vazirlik lavozimiga sun’iy intellekt tayinlandi

12.09.2025 | 09:3046043

Albaniya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektga vazirlik topshirdi — hukumat davlat tenderlarida poraxo‘rlikni yo‘q qilishni maqsad qilgan.

Albaniyada vazirlik lavozimiga sun’iy intellekt tayinlandi
Politico nashrining yozishicha, Albaniya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni vazir etib tayinlagan mamlakatga aylandi. Bosh vazir Edi Rama Tiranadagi Sotsialistik partiya yig‘ilishida hukumatdagi o‘zgarishlarni e’lon qilib, yangi «vazir» — Diellani tanishtirdi. Uning ismi alban tilida «Quyosh nuri» ma’nosini beradi. Diella sun’iy intellekt texnologiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, hozirda mamlakatning asosiy raqamli xizmatlar platformasi — e-Albania’ni boshqarmoqda. Endi u davlat xaridlari sohasida nazoratni amalga oshiradi. Bu tashabbus korrupsiya xavfini minimallashtirish va tenderlarni to‘liq shaffof qilish maqsadida joriy qilingan. Bosh vazirning aytishicha, Diella yordamida davlat mablag‘lari butunlay shaffof tarzda sarflanadi va tender jarayonlari mutlaqo so‘zsiz va adolatli bo‘ladi. «Bu fantastika emas — Diellaning asosiy vazifasi aynan shu», — dedi hukumat rahbari. Albaniyada davlat xaridlari orqali korrupsiya allaqachon jiddiy muammoga aylangan va bu masala har yili Yevroparlamentning hisobotlarida tanqid ostiga olinadi. Hukumat esa bu gal sun’iy intellektni ishga solish orqali samarali yechim topishga umid qilmoqda.
Avvalroq, Qozog‘istonda yangi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etilishi va uni bosh vazir o‘rinbosari darajasidagi mutaxassis boshqarishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid