Amerika aeroportida turist so‘nggi 10 dollarini sarflab, millionerga aylandi
U parvozdan oldin qahva sotib olish o‘rniga omadini sinab ko‘rishga qaror qilgandi.
© Foto: Fox NewsAmerikaning Las-Vegas aeroportida sayyohga ajoyib omad kulib boqdi. U so‘nggi 10 dollarini o‘yin avtomatiga tikib, 3,3 million dollarlik jekpotni yutib oldi. Bu haqda «Fox News» xabar berdi.
Hodisa 28-iyun kuni sodir bo‘lgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, uning atigi 10 dollari qolgan edi. Parvozdan oldin qahva sotib olish o‘rniga, u omadini sinab ko‘rishga qaror qildi va «Fortune Wheel» o‘yin avtomatida o‘ynadi. Uning bittagina qarori o‘ziga katta omad keltirdi.
Yutuq rasman Las-Vegas xalqaro aeroporti ma’muriyati hamda o‘yin avtomati ishlab chiqaruvchisi International Game Technology tomonidan tasdiqlandi.
Uning bu omadli voqeasi nafaqat ko‘p million dollarlik jekpotni yutish bilan ahamiyatli bo‘ldi. Las-Vegas joylashgan Nevada shtatida jismoniy shaxslarning daromadlari yoki qimor o‘yinlaridagi yutuqlardan soliq olinmaydi. Shuning uchun, g‘olib 3,3 million dollarga qo‘shimcha soliq to‘lashi shart emas.
Shu bilan birga, Las-Vegas aeroportida bunday holat ilgari ham bir necha marta kuzatilgan. 2025-yil may oyida yana bir yo‘lovchi xuddi shu o‘yin avtomatiga atigi 5 dollar tikib, 1,8 million dollardan ortiq mablag‘ni yutib olgan. Yana bir shunga o‘xshash holat 2023-yilda yuz bergan. O‘shanda bir ayol kutish vaqtida 643 ming 435 dollarlik jekpot sohibi bo‘lgan.
Amerika aeroportlari tarixidagi eng yirik yutuq esa 2010-yilda Reno–Taxo aeroportida qayd etilgan. O‘shanda o‘yinchi «Megabucks» o‘yin avtomatida 10,4 million dollarlik bo‘lgandi.
