AQSH tariflari bo‘yicha noaniqlik sabab dollar pasaymoqda

23.02.2026 | 17:402 daqiqa

Bugun ko‘pchilik Osiyo valutalari qimmatlashdi, AQSH dollari esa pasaydi. Bu holat investorlar AQSH Oliy sudi Donald Tramp prezidentligidagi avvalgi tarif dasturiga qarshi chiqargan qaror va uning keyinchalik boshqa qonun doirasida bojlarni qayta joriy etish chorasi oqibatlarini baholashi bilan bog‘liq.

AQSH tariflari bo‘yicha noaniqlik sabab dollar pasaymoqda

AQSH dollari (USD) indeksi Osiyo savdolari boshida 0,4 foizga pasaydi, shu bilan birga, Toshkent vaqti bilan 10:04 holatiga ko‘ra AQSH dollari indeksi fyucherslari ham 0,4 foizga tushdi. Bu haqda «Investing» yozdi.

Osiyo valutalari o‘smoqda

USD/JPY juftligi (yapon iyenasi) 0,5 foizga pasaydi, iyena esa himoya aktivi maqomi tufayli qo‘llab-quvvatlov oldi.

USD/KRW juftligi (Janubiy Koreya voni) 0,2 foizga tushdi, ofshor USD/CNH juftligi (Xitoy yuani) esa 0,1 foizga pasaydi.

Tariflarni bekor qilish

O‘tgan hafta AQSH Oliy sudi Tramp tomonidan favqulodda vakolatlar doirasida joriy etilgan keng ko‘lamli tariflar huquqiy jihatdan asoslanmagan, degan qaror chiqardi va uning savdo siyosatidagi asosiy unsurlardan birini bekor qildi. Bozorlar dastlab bu qarorni savdo ziddiyatlarining yumshashi va global o‘sish uchun ijobiy signal sifatida qabul qildi.

Trampning javobi

Javob tariqasida prezident Donald Tramp AQSH savdo qonunchiligining 122-bo‘limiga muvofiq importga 150 kun muddatga 10 foiz miqdorida yangi global tarif joriy etilganini e’lon qildi. Keyinchalik u stavkani ushbu qoida doirasida ruxsat etilgan eng yuqori daraja – 15 foizgacha oshirdi.

Bu holat Osiyo eksportchilari uchun istiqbollarni murakkablashtirdi, chunki ularning ko‘pchiligi AQSH talabiga katta darajada bog‘liq. Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa qator iqtisodiyotlar avval Vashington bilan savdo kelishuvlari tuzgan yoki tariflardan ozod etilgan edi.

Mintaqaviy fond bozorlari turlicha dinamikani namoyon qildi, bu esa AQSHning yuqori tariflari ta’minot zanjirlari va kapital oqimlariga ta’siri bo‘yicha saqlanayotgan ehtiyotkorlikni aks ettirdi.

FZT ehtiyotkorligi saqlanmoqda

Bozor ehtiyotkorligini kuchaytirgan yana bir omil shukni, o‘tgan haftagi AQSH iqtisodiy ma’lumotlari iqtisodiy o‘sish sekinlashayotganini va inflatsiya barqarorligicha qolayotganini ko‘rsatdi. Bu esa Federal zaxira tizimi (FZT)ning foiz stavkalari siyosati istiqbolini yanada noaniqlashtirdi.

Sekin o‘sish va barqaror inflatsiya kombinatsiyasi joriy yilda foiz stavkalarini sezilarli pasaytirish bo‘yicha kutilmalarni ortga surdi.

Osiyoga qaytsak, USD/INR juftligi (Hind rupiyasi) deyarli o‘zgarishsiz savdo qilindi, USD/SGD juftligi (Singapur dollari) esa 0,1 foizga pasaydi.

AUD/USD juftligi (Avstraliya dollari) 0,2 foizga tushdi.

Teglar

Mavzuga oid