Logo

Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi

Bugun 21:481 daqiqa

U boshqa ishga o‘tadi.

Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi © Foto: Daryo.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Bexzod Anvarovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun: Behzod Anvarovich Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Musayev o‘z karerasi davomida davlat boshqaruvining bir qator yuqori pog‘onalarida mas’ul lavozimlarni egallagan:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi (2018–2020 yillar);

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2020–2021 yillar);

Sog‘liqni saqlash vaziri (2021–2022 yillar);

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri (2022 yil dekabridan to Migratsiya agentligiga o‘tguniga qadar).

Teglar

Mavzuga oid