add

Boks bo‘yicha jahon chempionati: o‘zbek bokschilari 8 ta finalda 6 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi

15.09.2025 | 08:003916

Angliyaning Liverpul shahrida yakunlangan boks bo‘yicha World boxing shafeligi ostida o‘tkazilgan jahon chempionatini o‘zbekistonlik bokschilar 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza bilan yakunlashdi.

Boks bo‘yicha jahon chempionati: o‘zbek bokschilari 8 ta finalda 6 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi
O‘zbekistonlik bokschilarning 8 nafari final yo‘l olgan edi. Xuddi shuncha bokschi Qozog‘iston terma jamoasidan ham finalga yo‘l olgan edi. Tabiiyki, finalda ikki qo‘shni davlatlar bokschilari uchrashishi tabiiy edi. Ana shunday finallar ikkita bo‘ldi va ularda qozog‘istonlik bokschilar g‘alaba qozonishdi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarining 65 kggacha bo‘lgan bokschilar finaliga chiqqan yagona bokschimiz Navbahor Hamidova qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va kumush medal bilan taqdirlandi. Holbuki, Navbahor dastlabki ikki raundni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan edi. Unga sust kurashganlik uchun ogohlantirish berildi. Eng intrigali final oxirgi final bo‘ldi. Bu vaqtga kelib O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilarida 6 tadan oltin medal bor edi. 90+ vaznli erkak bokschilar finalida Jahongir Zokirov qozog‘istonlik bokschi Oybek O‘ralboyga qarshi ringga chiqdi. garchi u dastlabki ikki raundda g‘alaba qozongan bo‘lsada (3:2, 4:1) uchinchi raudda sust jang qilib, u ham imkoniyatni qo‘ldan chiqardi — yakuniy hisob 3:2. Unga kumush medal topshirildi. Erkaklar turnirining qolgan besh finalda bokschilarimiz o‘ta ishonchli harakat qilib, oltin medallarga ega chiqishdi. 65 kg vaznli bokschilar final bahsida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – braziliyalik Yuriy Falkao Dos Reys ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 80 kg vaznli bokschilar final bahsida Javohir Ummataliyev fransiyalik Yojerlin Sezar ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 90 kg vaznli bokschilar final bahsida To‘rabek Habibullayev braziliyalik Santos Filyo ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 60 kg vaznli bokschilar final bahsida Abdumalik Xaloqov braziliyalik Luiz Gabriel de Oliveyra ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 85 kg vaznli bokschilar final bahsida Akmaljon Isroilov angliyalik Tign Stott ishonchli g‘alabaga erishdi. Bir kun oldin 75 kg vaznli bokschilar final bahsida Fazliddin Erkinboyev bulg‘oristonlik Rami Kivanga qarshi final jangiga chiqqan va 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Kumush medallarni yarimfinal bahslarida imkoniyatni boy bergan bokschi qizlarimiz Sabina Boboqulova (48 kg), Feruza Kazakova (51 kg) va Aziza Zokirova (70 kg) qo‘lga kiritishgan edi. Umuman olganda, bokschilarimiz jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashishdi. Medallar soni bo‘yicha 1-o‘rin (11 ta medal), sifati bo‘yicha Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi. Oltita oltin medalning barchasi va 1 ta kumush erkaklar tunirida, 1 ta kumush va 3 ta bronza ayollar turnirida qo‘lga kiritildi. Qozog‘istonlik bokschilar jami 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi: 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza. Oltin medalarning 4 tasi erkaklar turnirida, 3 tasi ayollar turnirida, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza ayollar turnirida qo‘lga kiritildi. Avvalroq professional boks bo‘yicha Yaponiyaning Nagoya shahrida tashkillashtirilgan va 12 raund davom etgan jangda o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik Noya Inuega ochkolar hisobida yutqazgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid