add

Давлат Думасида суратга олиш тақиқлангани ортидан биз бошқа кўрмайдиган лавҳалар — фотожамланма

Kecha 21:003 daqiqa

Россияда фотографларга Давлат Думаси депутатларини мажлислар вақтида суратга олиш тақиқлангани сабаб Давлат Думасининг турли йиллардаги суратларини жамладик. Бундан лавҳалар эҳтимол бошқа бўлмас!

Давлат Думасида суратга олиш тақиқлангани ортидан биз бошқа кўрмайдиган лавҳалар — фотожамланма

21 январдан бошлаб фотографларга Давлат Думаси депутатларини мажлислар вақтида суратга олиш тақиқланди. Журналистлар қуйи палата ишини кузатиб борадиган балконга кириш ёпилди — энди у ерда фақат телеоператорлар бўлиши мумкин.

Бундай қарор Давлат Думаси спикери Вячеслав Володиннинг фотожурналистларни айблашидан сўнг қабул қилинди. Володиннинг фикрича, сураткашлар «ниманидир пойлашга, яширинча кузатишга ва ёмон кўринишда кўрсатишга» ҳаракат қилишмоқда.

«Биз ҳеч қачон сизларнинг устингиздан кулмаймиз, хафа қилмаймиз ва оддий қилиб айтганда, мазах қилмаймиз», — деди Володин фотографларга юзланиб.

«Ведомости» нашрининг ёзишича, айрим депутатларга 13 январ кунги баҳорги сессиянинг илк ялпи мажлисида тушган суратлари ёқмаган. Қуйида сиз Давлат Думасининг турли йиллардаги суратлари жамланмасини томоша қилишингиз мумкин. Агар суратга олиш тақиқи ўз кучида қолса, сайловчилар депутатларни энди бундай ҳолатдаги суратларини кўра олмайдилар.

1

Davlat Dumasi deputatlari, qo'shiqchi Iosif Kobzon va sportchi Alina Kabaeva, 2008-yil 11-yanvar

Vitaliy Belousov / TASS / Profimedia

2

Davlat Dumasi deputatlari 2013-yil 25-yanvar kuni yalpi majlisni o'tkazib yuborayotgan hamkasblari uchun ovoz berishmoqda.

Sergey Karpov / TASS / Profimedia

3

Davlat Dumasi deputatlari, sportchi Svetlana Xorkina va sport amaldori Aleksandr Kozlovskiy. 2012-yil 19-may.

Aleksey Filippov / TASS / Profimedia

4

Davlat Dumasining Moliya bozorlari qo'mitasi a'zosi Oleg Dimov (o'ngda) hamkasblari bilan. 2025-yil 9-iyul.

Dmitriy Dukhanin / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

5

Turizm va turizm infratuzilmasini rivojlantirish qo'mitasi rahbari Sangadji Tarbaev. 2023-yil 21-iyul

Dmitriy Dukhanin / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

6

2017-yil 27-yanvar

Anton Novoderejkin / TASS / Profimedia

7

2017-yil 22-mart

Sergey Savostyanov / TASS / Profimedia

8

2025-yil 23-iyul

Dmitriy Dukhanin / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

9

Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin va rais o'rinbosarlari Irina Yarovaya va Anna Kuznetsova 2022-yil 13-sentabr kuni kuzgi sessiyaning birinchi yalpi majlisida.

Dmitriy Dukhanin / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

0

2023-yil 22-iyun

Dmitriy Dukhanin / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

11

2012-yil 17-oktabr

Stanislav Krasilnikov / TASS / Profimedia

12

2020-yil 14-yanvar

Anton Novoderejkin / TASS / Profimedia

13

Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganov va uning partiyadoshi, Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Nikolay Kolomeitsev bahorgi sessiyaning birinchi yalpi majlisida, 2026-yil 13-yanvar.

Dmitriy Dukhanin / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

14

Davlat Dumasi deputatlari, yozuvchi Mixail Sholoxovning nabirasi Aleksandr Sholoxov va sportchi Nikolay Valuev. 2024-yil 14-noyabr

Maksim Churusov / TASS / Profimedia

15

Davlat Dumasi raisi o'rinbosarlari Irina Yarovaya va Sergey Neverov, 2022 yil 6 dekabr

Dmitriy Dukhanin / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

16

Rossiya Davlat Dumasining Mintaqaviy siyosat va mahalliy o'zini o'zi boshqarish qo'mitasi a'zosi Andrey Gurulev (o'rtada) va Rossiya Davlat Dumasining Ekologiya, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi a'zosi Oleg Valenchuk (chapda) yig'ilish paytida.

Surat muallifi Kommersant

Photo/Dmitriy Duxanin

17

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning Rossiya hukumatining 2024-yildagi faoliyati bo'yicha hisoboti. Bosh vazir Mixail Mishustin (chapda) va Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin (o'ngda) yig'ilish paytida.

Surat muallifi Kommersant

Photo/Dmitriy Duxanin

18

Surat muallifi Kommersant

Photo/Dmitriy Duxanin

Teglar

Mavzuga oid